avatar
Куч
3086.56
Рейтинг
+1387.40

Ziyodullo Gafforov

Мақолалар

“Ulug‘bek vorislari” Toshkentda bellashadilar

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
img
Samarqand davlat universitetida respublika Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan “Tafakkur sinovlari” Respublika ko‘rik tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent davlat Agrar universiteti, Jizzax davlat Pedagogika instituti, Qarshi davlat universiteti va Samarqand davlat universiteti jamoalari o‘zaro bellashdi.

QFU Naberejniy Chelniy instituti va Samarqand davlat universiteti o'rtasida onlayn talabalar uchrashuvi tashkil qilindi va o'tkazildi.


2019-yil 20-may kuni Universitetlararo hamkorlik va o'zaro tajriba almashish va ta'lim ishlarini olib borish maqsadida KFU Naberejno Chelniy instituti va Samarqand davlat universiteti o'rtasida vatanparvarlik ta'limini muhokama qilish uchun talabalar onlayn uchrashuvi (tele-ko’prik) o'tkazildi.

Hamkorlikdagi xalqaro anjuman

img
Shu yilning 14-15 may kunlari Samarqand Davlat universitetida tashkil etilgan hamkorlikdagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
SamDUning faollar zalida tashkil etilgan “Ilm-fan, ta’lim, texnologiya, matematika va tibbiyot” deya nomlangan xalqaro anjuman avvalida universitet rektori, professor Rustam Xalmurodov ayni jihatlarga batafsil to'xtalib, Isroilning nufuzli Halon universiteti va samarqandlik professor-olimlar, o‘qituvchi hamda talaba yoshlarning hamkorligi taraqqiyotga, oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qilishini e’tirof etdi. 

Biz sog'lom turmush tarafdorimiz


Amaliy matematika va informatika fakultetida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusdan biri bo'lgan yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoit yaratishga yo'naltirilgan ikkinchi tashabbus doirasida “Biz sog'lom turmush tarafdorimiz” shiori ostida e’lon qilingan “sport oyligi”ni samarali o’tkazish maqsadida fakultet guruhlari o’rtasida “Fakultet kubogi” futbol musobaqasi tashkil etildi.

Talabalar teatri xalq nazarida


Viloyat qo‘g‘irchoq teatrida Samarqand Davlat universitetiga tutash hududda joylashgan mahallalar aholisi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat kengashi faollari uchun universitetning «Ilhom» talabalar teatr studiyasi tomonidan yozuvchi Alp Jamolning «Mehribonlar» p’esasi asosida sahnalashtirilgan spektakli namoyishi bo‘lib o‘tdi. 

Ehtirom

img
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Samarqand Davlat universiteti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi viloyat muzeyi va fidoiy inson Farhod Alizoda tomonidan 1930-yillarda Samarqand turmasida qatl etilgan qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan hamkorlikdagi marosim bo‘lib o‘tdi. Vatan

Universitetda “Nafosatli qizlar” guruhi aniqlandi

img
O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand Davlat universiteti boshlang’ich tashkiloti, O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi Samarqand viloyat Kengashi, universitet Xotin-qizlar qo’mitasi hamda Pedagogika fakulteti tashabbusi bilan ushbu fakultet talaba-qizlari o’rtasida “Nafosatli qizlar-2019”  ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi.

Avlodlar ehtiromi

img
Turkistonda jadidchilik harakatining yo’lboshchisi, ulug’ ma’rifatparvar Mahmudxo’ja Behbudiyning elimizda maorif ishlarini yo’lga qo’yishda, madaniyatimiz ravnaqi borasidagi xizmatlari bugungi avlodlarni ham umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda muhim manbadir. Shu yilning 2 may kuni bu benazir inson yashab, ijod qilgan hozirgi Mir Said Baraka ko’chasi 47-uy peshtoqiga alloma tavallud  kunining 145 yilligi munosabati bilan xotira lavhasi o’rnatildi. Qatag’on qurbonlari xotirasi viloyat muzeyi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda shahar jamoatchiligi vakillari, kollej va maktablarning o’quvchilari, ijodkorlar ishtirok etdilar.