Shu yilning 14-15 may kunlari Samarqand Davlat universitetida tashkil etilgan hamkorlikdagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
SamDUning faollar zalida tashkil etilgan “Ilm-fan, ta’lim, texnologiya, matematika va tibbiyot” deya nomlangan xalqaro anjuman avvalida universitet rektori, professor Rustam Xalmurodov ayni jihatlarga batafsil to'xtalib, Isroilning nufuzli Halon universiteti va samarqandlik professor-olimlar, o‘qituvchi hamda talaba yoshlarning hamkorligi taraqqiyotga, oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qilishini e’tirof etdi.