avatar
Куч
3086.56
Рейтинг
+1387.40

Ziyodullo Gafforov

Мақолалар

Kitobsevarlar uchrashuvi


Samarqand davlat universitetixotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti va tarix fakultetida Narpay tumanidagi 17-maktab o‘quvchisi 2018-yil fevral oyi Respublika Yoshlar Ittifoqi tomonidan o‘tkazilgan “Yosh Kitobxon” ko‘rik tanlovining g‘olibasi Shomurodova Moxiniso Shavkat qizi bilan hamkorlikda “Oilam kitob o‘qiydi” aksiyasi o‘tkazildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi. Mamlakatimizda yoshlarning kitobga qiziqishini, mutolaa madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

Yot g’oyalar bizga begona

img
Samarqand davlat universiteti faollar zalida “Biz radikalizm, missonerlik va prozelitizmga qarshimiz” mavzusida ma’rifiy uchrashuv o’tkazildi. Tadbirda Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo’yicha prorektor H. Xushvaqtov, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Samarqand shahar bo’limi boshlig’i  S.Zohidova, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo’limi rahbari v.b. A. Shaxlasov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i K.Davronov, dekan o’rinbosarlari, professor-o’qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

Tarix fakultetida ma’rifiy tadbir

img
SamDU tarix fakultetida 28-fevral kuni “Talaba-yoshlarning ongiga qaratilgan axborot xurujlarining oldini olish, ularda internet va boshqa axborot resurslaridan o‘rinli foydalanish madaniyatini shakllantirish” mavzusida ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirga tashrif buyurgan O‘zbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi a’zosi T. Rahmatullayev talabalarga internetdan foydalanishning ba’zi umumiy qoidalari, odobi haqida so‘zlab berdi.