avatar
Куч
3086.56
Рейтинг
+1387.40

Ziyodullo Gafforov

Мақолалар

Hindiston va Turkiya kimyogarlari bilan xalqaro aloqalar o’rnatilmoqda


2018-yil 17-oktyabr kuni universitetning Kimyo fakulteti 63 auditoriyasida Hindiston fanlar milliy akademiyasi yosh olimlar kengashining raisi professori Mahesh Kumar hamda Nagoya universiteti o’qituvchisi Hujamberdiyev Mirabbos, 18-oktyabr kuni Turkiya kafkaz universiteti professori Hasali Nesef og’li bilan fakultet bakalabrlari, magistrlari, doktorantlari, prof-o’qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

18 oktyabr – Samarqand shahri kuni

img
Ko‘hna va hamisha navqiron Samarqandda bugun Samarqand shahri kuni keng nishonlandi. Samarqand davlat universiteti ma’muriyati, fakultetlar dekanlari, dekan o‘rinbosarlari va professor-o‘qituvchilardan iborat jamoa vakillari dastlab viloyatdagi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari bilan birgalikda Amir Temur maqbarasini ziyorat qildilar. Sohibqiron haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi. 

SamDUda “Xalqaro qizlar kuni” nishonlandi


2018-yil 11-oktyabr kuni Samarqand davlat universiteti faollar zalida “Xalqaro qizlar kuni”iga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis senatori N. Rabbimova, Samarqand shahar hokimi o‘rinbosari, shahar Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Po‘latova, Samarqand shahar Oila ilmiy-amaliy markazi mutaxissisi G.Husainova, universitet Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi Sh.To‘xliyeva hamda universitetning faol talaba-qizlari ishtirok etdi. 

Biz oilaviy ajrimlarga qarshimiz


Biologiya fakultetining faollar zalida 2018-yil 9-oktyabr kuni Samarqand viloyati Oila ilmiy-amaliy markazining direktori Shodiyeva Zebo Nurmamatovna, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudining raisi Tojiboyev Ma’rufjon Mamatojiyevich, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Samarqand viloyat kengashi raisi o‘rinbosari Isomiddinov Yunusjon Yusubboyevich, SamDU Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi Tuxliyeva Sharofat Bektashevna va Biologiya fakultetixotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi Raxmatova Nigora Boturovna va Biologiya fakultetida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida «Biz oilaviy ajrimlarga qarshimiz» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Ajdodlar ruhiga ehtirom

img
Respublikamizda istiqlol yillarida tarixiy haqiqatni toptirish yo’lida Vatanimiz ozodligi va erkinligii yo’lida qurbon bo’lgan o’zbek xalqining farzandlari nomini tiklash, ularning hayoti va faoliyatini o’rganish yosh avlodning insoniy burchidir. Bu ma’noda SamDU qoshida “Samarqand viloyati qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyining tashkil etilishi o’z Vatani tarixining og’ir, mashaqqatli sahifalaridan birini o’rganish uchun juda qulay imkoniyatdir.